🔰Uchqo‘rg‘on tuman 6- AFChO‘SMMIda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini o‘rganish va keng targ‘ib etish maqsadida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
⚡️Tadbirda Uchqo‘rg‘on tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i — Jo‘raxujaev Toshpo‘lathuja Hamidxon o‘g‘li nutq so‘zladi va ishtirokchilar bilan fikr almashdi.
⚡️Shuningdek, muassasa ma’muriyati, o‘qituvchilar va pedagoglar ishtirokida Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi:
✅Ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirish.
✅Yosh avlodni zamonaviy bilim. va kasb-hunarlarga yo‘naltirish.
✅O‘qituvchi nufuzini oshirish.
📌 Tadbir yakunida bunday ma’rifiy uchrashuvlarni tizimli tashkil etish ta’lim sohasida samarali natijalarga erishishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.










