Bugun Uchqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 38-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida Namangan davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti Ta’lim menejmenti kafedrasi  hamkorlikda “Takrorlash darslarida o‘quvchilarning  bilimlaridagi bo‘shliqlarni  aniqlash va to‘ldirish metodlari” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Ta’lim menejmenti kafedrasi o‘qituvchisi Qarabayev Jamshid Rustamovich tomonidan “O‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish” mavzusida seminar-trening o‘tildi. Seminar ishtirokchilariga o‘quvchilar bilan ishlashda ularning qobiliyatlarini aniqlashni hamda dars jarayonida ta’lim va tarbiya berishda ularga alohida yondoshishga tavsiyalar berdi. Shuningdek Namangan davlat universiteti matematika fakulteti 2-bosqich magistranti Imomnazarova Nurjahon Toktaboyevna  “Kombinatorika masalalarini yechish metodikasi” mavzusida master klass o‘tib berdi.

         Maktabning matematika va informatika fani o‘qituvcilari tomonidan o‘tilgan ochiq darslar seminar ishtirokchilarida katta taassurotlar qoldirdi. Informatika fani o‘qituvchisi Abdullayev Raxmatilloning 5-sinflarda “Skrech muhitda shakllar yaratish”, matematika fani o‘qituvchilari Ikramova Gulhumorning 9-sinflarda “Arifmetik va geometrik progressiyani takrorlash”, Tojiboyeva Dildoraning 7-sinflarda “Takrorlash”, Jaloliddinova Muazzamning 8-sinflarda “Aylana mavzusini takrorlash” mavzusidagi oshiq darslari kuzatuvchilarning ish uslublarini yanada boyitdi. Hamkorlikni yo‘lga  qo‘ygan tuman aniq fanlar metodisti Jambulov Mirzakamol kelgusi o‘quv-seminarlarini oliy talim bilan yzviylikda olib boorish muhim ahamiyatga ega ekanligini  ta’kidladi.                       

       Oliy  va o‘rta ta’lim hamkorligi  ta’lim sifatini oshirishda xizmat qiladigan asosiy omillardan biri desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

By admin