Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan yangi 2023-2024-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Salom, bog‘cha”, maktablarda “Birinchi qo‘ng‘iroq”, “Mustaqillik darsi” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiya hamda namunaviy ssenariy ishlab chiqildi.

Xususan, joriy yilning 4-5-sentabr kunlari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “O‘zbekiston – mening Vatanim” mavzusida ochiq mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

Umumiy o‘rta taʼlim maktablarida 4-sentabr kuni soat 8-00 da “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida o‘tkaziladi.

By admin