
Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosarining 2022-yil 9-iyundagi 04-558-sonli topshirig‘i ijrosi bo‘yicha Namangan viloyati xalq ta’lim boshqarmasining 11-iyundagi 02-08/2-1514 sonli xatida ko’rsatilgan Seminar treninglar tashkil etish bo‘yicha reja grafik asosida Uchqo’rg’on tumanidagi 43-sonli umumta’lim maktabida 20.07.2022 kuni tuman informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchilari uchun “Ta’lim muassasalarini samarali tashkil etish va boshqarish uchun videokonferensiya aloqani Google Meet, Zoom dasturiy mahsulotlarida tashkil etish.” bo’yicha semenar trening tashkillandi. Seminarda Uchqo’rg’on tuman xalq ta’limi bo’limi muduri informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchilari bilan qizg’in suxbat o’tkazdi va kelgusidagi ishlar belgilab olindi.


