Ushbu dars ishlanmada 7-sinf o’quvchilariga “Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar” mavzusini o’tishda interfaol metodlardan foydalanildi. O’tilgan mavzuni mustahkamlashda “Tushunchalar tahlili” metodi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida “T chizma” metodi, shuningdek o’quvchilarda kengroq tasavvur hosil qilish maqsadida Internet Explorer dasturida ishlashga oid kichik videolavha namoyish qilindi, yangi mavzuni mustahkamlashda amaliy mashg’ulot bilan birga mavzuga mos ravishda web-brauzerda tayyorlangan testlardan foydalanildi. (Videolavha hajmi internetda uzatish maqsadida kichraytirilgan. Videolavhani Windows Media Player, testni Internet Explorer yoki Google Crome dastur orqali ishga tushirish tavsiya etiladi)
Dars davomida o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish bilan birga internetdan foydalanish madaniyati, internet tarmog’idagi o’zbek xalqi madaniyati va ma’naviyatiga zid ma’lumotlar, ularga qarshi kurash hamda yurt tinchligini asrab-avaylash g’oyalarini singdirishga e’tibor qaratiladi.
Bugungi kunda o’qituvchilar oldida turgan asosiy vazifa faqat mavzu yuzasidan bilim berishdan iborat emas, balki mustaqil fikrlay oladigan, turli yot g’oyalarga qarsh tura oladigan, to`g`ri qaror qabul qiladigan yoshlarni tarbiyashdan iborat. Zero, zamonaviy, ma’nan yetuk, fikran sog’lom yoshlar yurt kelajagidir.