Annotatsiya
7-sinf o’quvchilari informatika fanidan “Ikkilik sanoq sistemasida amallar bajarish” mavzusini yoritishda avvalo sanoq sistema uning asosi, tashkil qiluvchi raqamlar haqida o’quvchilarga alohida individual topshiriqlar berish bilan tushuntirib o’tilgan.
O’quvchilarga ikkilik sanoq sistemasida amallar bajarishni bilishdan oldin, o’nlik sanoq sistemasida amal bajarishni juda yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi kerakligini ta’kidlab o’tilgan. Bu mavzuni yoritishda sanoq sistemalariga o’z hissasini qo’shgan Muso al-Xorazmiy haqida ham ma’lumot berib o’tilgan