Namangan viloyati Uchqorg’on tuman xalq ta’limi bo’limiqa qarashli umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan Informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchilari uchun 19-dekabr kuni Namangan davlat universitetining Informatika kafedrasi katta o’qituvchisi Tillaboyev Ilhomjon ishtirokida “Zamonaviy dasturlash tillarining imkoniyati, Python dasturidan unumli foydalanish” mavzusida master class mashg’uloti o’tkazildi.



