0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni bilan tasdiqlangan 0‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko’rsatkichlarining 37-bandi hamda 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 23-avgustda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida o‘quv jarayonini boshqarishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, o‘qituvchilarga ma’muriy yukni kamaytirish, o‘quv jarayonida shaffoflikni oshirish, shuningdek, umumta’lim muassasasining o‘quv jarayonini avtomatlashtirilgan holda boshqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish bo‘yicha belgilangan topshiriqlarini hamda Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 17-avgustdagi 187-sonli buyrug’ini, shuningdek Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2020–yil 17-avgustdagi 101-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida, tumandagi 4,5,8,12,17,30,33,36,37,39,42-sonli umumta’lim maktablarining hamda 43-sonli ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabining kundalik tizimi administratorlari uchun o’quv seminari o’tkazildi. O’quv seminarida 39-sonli umumta’lim maktabining Ilmiy bo’lim mudiri Mirzayeva Dilfuza Kundalik tizimida ishlash bo’yicha o’z tajribalari bilan o’rtoqlashdi. Shu bilan birgalikda maktablarda uchrayotgan muammoli vaziyatlar bo’yicha tushunchalar berildi.

            Har bir maktabning Kundalik tizimi bo`yicha qilinayotgan ishlari bilan tanishib, xato va kamchiliklarini bartaraf qilish bo’yicha amaliy yordam va ko’rsatmalar berildi.

By admin