“One Million Uzbek Coders” loyihasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari uchun 6000$ umumiy sovrin jamgʻarmasiga ega tanlovni eʼlon qiladi!
Tanlovning maqsadi:
Loyiha doirasida oʻqituvchilarning professional yutuqlarini aniqlash va eʼtirof etish, shuningdek, oʻqituvchilarni taʼlim jarayonida innovatsion texnologiyalardan faol foydalanishga undash.
Tanlov ishtirokchilari:
? Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari
Talablar:
? Oʻqituvchilar va ularning talabalari tomonidan telegram guruhlarida va loyihaning ijtimoiy tarmoqlarida motivatsiya va faollik koʻrsatilishi.
Sovrinli oʻrinlar soni:
? 8
Tanlov ishtirokchisi boʻlish, ishtirokchilarining qanday baholanishi va boshqa tafsilotlar haqida saytimizda oʻqishingiz mumkin: https://clck.ru/RWDNj
Platforma havolasi: uzbekcoders.uz